Özbekistonning Bangkok şahridagi boş konsuli Faxriddin Sultonov Tailandning Phuket provinsiyasi gubernatori Sophon Suvannarat bilan uçraşuv ötkazdi.

«Dunyo» xabariga köra, muloqotda, şuningdek, Tailand TIV, Phuket Savdo-sanoat palatasi, Turizm assotsiatsiyasi, huquq-tartibot idoralari va mahalliy OAV vakillari iştirok etdi.

Tailand tomoniga mamlakatda xorijiy investorlar va xalqaro savdo uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan özgarişlar töğrisida batafsil ma’lumot berildi. Özbekiston va Tailand örtasida özaro savdoni rivojlantiriş, sayyohlarni jalb etiş maqsadida ularga turli imtiyozlar taqdim etiş böyiça rejalar ta’kidlandi.

Özbekiston va Tailand örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va konsullik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş va hududlararo munosabatlarni örnatiş masalalari muhokama qilindi.

Samarqand va Phuket örtasida birodarlaşgan şaharlar töğrisida memorandum imzolaş, Tailandning musulmon aholisi uçun Özbekistonga ziyorat turizm turlarini işlab çiqiş, mazkur provinsiyasida mamlakatimiz faxriy konsulini tayinlaş muloqotning asosiy mavzulari böldi.

Uçraşuv yakunida 2024 yilda Phuket turizm ma’muriyati, mahalliy avia va sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona tarmoqlari vakillarining Özbekistonga amaliy safarini taşkil etiş töğrisida kelişib olindi.