“Ular” podkastining suv va ekologiyaga bağişlangan sonida qatnaşgan ekofaol Mötabar Xuşvaqtova suvni isrof qilmaslik uçun uning narxini qimmatlaştiriş kerakligi, lekin bu maqsadli bölişi zarurligi haqida aytib ötdi.

“Köp çet davlatlarda içimlik suvi qimmat. Kiçik bir şişa suv ham ançagina pul turadi. Bizda esa içimlik suvi juda arzon. Narxning kötarilişi uning qadrlanişiga olib kelişi mumkin. Lekin xalqqa qiyin böladi. Şuning uçun narx kötarilgani hisobiga tuşadigan pul töğri işlatilişi kerak, kimningdir çöntagiga kirişi yo korrupsiya içida yöqolib ketmasligi kerak.

Xalqni qiynab pulini olyapsizmi, uzoq muddatga möljallangan dastur işlab çiqib, keyin narxni kötarişingiz kerak. Faqatgina isrof qilmaslik uçungina suvning narxini kötariş kerakmas”, dedi ekofaol.

Mötabar Xuşvaqtova tabiatni asraş birinçi navbatda odamlar uçun muhim ekanini aytib ötdi.

“Masalan, Orol qurigan bölsa ham, uning hududida hali ham hayot bor, jonzotlar, ösimliklar mavjud. U yerdan faqatgina odamlar ketgan xolos. Odamlar zarar körgan. Ekologik muammolar odamlarning içadigan suvini, yeydigan ovqatini olib qöyadi. Şuning uçun tabiat bizning asraşimizga muhtoj emas, biz bunga muhtojmiz”, dedi u.

Mötabar ekologiyani asraş tarğiboti pand-nasihat ruhidagi çaqiriqlardan iborat bölmasligi, bu xalq yaxşi köradigan yönalişdagi yumorlar, qöşiq va turli roliklar bilan olib borilişi kerak deb hisoblaydi.

Podkastning şu sonida ekologiya vazirligi maslahatçisi Rasul Kuşerbayev ekologiya nazorat organini hukumat tarkibidan çiqarişni taklif qilgandi.