Jadidlar faqat yozuvçilik yoki matbaa bilan şuğulanmagan. 100 yil oldin, kerak bölsa, yoşlarni Germaniyaga öqişga yuborişgan. Ular tuzgan Turkiston muxtoriyati ilk demokratik davlatlardan bölgan. Konstitutsiyasi ham juda yaxşi işlab çiqilgan. Kun.uzʼning yozuvçi Javlon Jovliyev bilan suhbatida jadidlar faoliyatiga umuman boşqaça rakursdan nazar solamiz.

— Nima uçun ma’naviyat va ma’rifatga bu qadar e’tibor qaratilyapti va aynan prezidentning şaxsan özi tomonidan?

— Biz endi anglab yetyapmizki, mamlakatdagi taraqqiyotning asosi ilm-ma’rifatda. Şu sababli hukumat darajasida alohida e’tibor berilyapti. Prezidentimizning özi alohida töxtaldi bunga. Rivojlangan davlatlarning asosida ilm-fan rivoji yotadi. U yerlarda töğri yölga qöyilgan tizimlar, institutlar öz işini bajaradi, bizga ham şular kerak. Yoşlarga, ziyolilarga, umuman millatga, kelajakka işonç ruhi kerak. Bizda pessimistik qaraşlar, ketiş istaklari köp, köp yoşlar şunçaki ketişni öylaydi. Bu narsani töğri yölga qöyilgan ta’lim, ma’rifat bilan töldiriş mumkin, şu narsani anglab yetişyapti ham.

Prezidentimiz ming kitob tarjimasi haqida gapirdilar, bu böyiça qaror ham çiqqan edi. Özbekiston kitob tarjimasi böyiça orqada qolib ketyapti, bizda butun dunyo tan olgan klassik asarlar ham tarjima qilinmagan, faqat ma’lum bir qismigina bölgan.

Yana bir yaxşi loyiha «Mutolaa» ilovasi yaratilmoqda Yoşlar işlari agentligi va Xalq banki kömagi bilan. Bu ilovada kitoblarning elektron va audio variantlarini topiş mumkin böladi. Bir paytlar jadid bobomiz ham xuddi şunday mutolaaxona oçgan edi, bu ham şuning zamonaviy körinişi.

Endi eskiça qaraşlar bilan yaşab bölmaydi. Prezidentimiz ham kiçkina bolalarimiz nimani öylayotganini bilişimiz kerak, dedilar. Yangi avlod nima haqida öylayotganini biliş kerak. Yoşlarimiz internet tarmoğida ekan, biz ham şunga kirib borişimiz, zamonaviy şaklda yaxşi kontentlar olişimiz, internetni şular bilan töldirişimiz lozim.

— Jadidlar yölidan yuriş, ularning tutumlarini tutişga çaqiriqlar bölyapti. Nega aynan jadid bobolarimiz yöli tanlanyapti?

— Çunki bizning vaziyatimiz öşa jadidlarning vaziyatidek. Ya’ni yangi hayotni da’vo qilyapmiz, Özbekistonni yangilamoqçimiz. Jadidlar şunday qilmoqçi edi. Ular faqat yozuvçilik yoki matbaa bilan şuğullanmadi, millat-xalq uçun nima qiliş kerak bölsa, hammasi uçun harakat qilişdi va oxirida jon ham berişdi.