Orol dengizining qurigan tubida ekilgan saksovullar kosmosdan ham körina boşladi. Bu haqda iqlimşunos Erkin Abdulahadov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2018 yildan söng Orolböyida kuçli çang böronlari xavfi keskin kamayib ketgan.
Nafaqat çang (qum) böron çastotalari, balki kelayotgan nam havo oqimlaridan Orolböyi atrofida yoğin jadalligi boşqa mintaqalarga nisbatan ortgan. Bu nafaqat havo aylanmalari (sirkulyatsiyasi) harakatidagi özgarişlar, balki yer sirtidagi fitomassaning özgarişi bilan boğliq bölişi xam mumkin.
“Mazkur loyiha respublika böylab keng miqyosda davom ettirilişi mintaqa uçun juda ham zarur”, deydi Erkin Abdulahadov.
Ma’lumot uçun, Orol dengizining suvi qurigan hududida 1,7 mln gektar maydonda çöl ösimliklarining uruği va köçatidan “yaşil qoplamalar” barpo etilgan.












