O‘rmon fondi yerlari E-ijara orqali ijaraga beriladi
Vazirlar Mahkamasining «Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan:
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish E-ijara axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini E-auksion platformasi orqali ijaraga berishda quyidagi hollarda ijara to‘lovining «nol» stavkasi qo‘llaniladi, bunda:
o‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligi ekinlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun – 3 yil davomida;
o‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) va tez o‘suvchi daraxtlar (pavloniya, terak va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun – 5 yil davomida;
o‘rmon fondining cho‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, cho‘l va yaylov o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun – 10 yil davomida.
2024 yil 1 iyulga qadar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha amaldagi barcha shartnomalar Kadastr agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bunda jismoniy shaxslardan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bekor qilinib, yer uchastkalari onlayn-auksionga chiqariladi.
O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
O‘rmon fondi yerlar 3 yildan 49 yilgacha quyidagi maqsadlar va o‘lchamlarda ijaraga beriladi:
o‘rmon barpo qilish uchun – 1 gektardan 20 gektargacha;
mevali va yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun – 1 gektardan 20 gektargacha;
mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish uchun–0,1 gektardan 2 gektargacha;
tez o‘suvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun – gektardan 10 gektargacha;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun –0,1 gektardan 10 gektargacha;
dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun – 1 gektardan 20 gektargacha;
asalarichilik faoliyati uchun – 0,01 gektardan 2 gektargacha;
baliqchilik faoliyati uchun – 0,1 gektardan 5 gektargacha;
ovchilik faoliyati uchun –0,1 gektardan 2 gektargacha (ovchilarni qabul qilish punkti uchun);
limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun –0,1 gektardan 2 gektargacha;
ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan) – 0,01 gektardan 2 gektargacha.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sifat va unum pasayishi mumkin” – 5 kunlik dars tizimi haqida pedogoglar qanday fikrda?
O‘zbekiston | 12:53
-
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 11:53
-
Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
Jahon | 11:51
-
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi
Jamiyat | 11:45
Mavzuga oid

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi

11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

18:16 / 26.03.2025