Özbekistonda 2024 yil yanvar oyida qanday ob-havo şaroitlari kutilayotgani ma’lum qilindi.
2024 yilning birinçi oyi harorat tartibi böyiça me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori böladi.
"Özgidromet" xabariga köra, yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boşlanadi. Yanvar oyi birinçi beş kunligida Özbekiston hududi böyiça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. 1-3 yanvar kunlari kunduzgi havo harorati +6...+11 daraja atrofida, 4-5 yanvar kunlari esa 1-3 yanvarga nisbatan +3...+5 darajaga yuqori böladi.
Keyinçalik, oyning oxirigaça harorat keçalari +0...+5 darajadan -3...-8 darajagaça, kunduz kunlari +10...+15 darajadan +0...+5 darajagaça özgarib turişi kutilmoqda. Harorat keçalari qisqa davrga -10...-13 darajagaça pasayişi va kunduz kunlari +16...+18 darajagaça kötarilişi mumkin.
Yomğir va qor körinişidagi yoğingarçiliklar yanvar oyining birinçi ön kunligi oxirida, şuningdek, ikkinçi va uçinçi ön kunliklar ayrim kunlarida kutilmoqda. Umuman olganda, oy uçun yoğingarçilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan kam bölişi kutilmoqda.







