Prezident Volodimir Zelenskiy bir neça oydan beri rus qöşinlari tomonidan hujum qilinayotgan Donetsk viloyatidagi Avdiyivkaga taşrif buyurdi. «Avdiyivka. General Mark Bezruçko nomidagi 110-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada pozitsiyalariga taşrif buyurdim. Frontning eng qiyin uçastkalaridan biri», — deb yozdi prezident 29 dekabr, juma kuni Telegram’da.

«Mana şunday jangçilar tufayli butun mamlakat omon qolgan bu yil uçun frontda bölgan barçaga rahmat aytaman. Nima bölişidan qat’iy nazar davlatimizni himoya qilayotganlarga rahmat. Har kuni jangovar natija berayotganlarga rahmat», - deyiladi xabarda. 

Zelenskiyning sözlariga köra, u brigada komandiri Nikol Çumak bilan asosiy ehtiyojlarni muhokama qilgan va uning yönalişdagi tezkor vaziyat, mudofaa operatsiyalarining borişi haqidagi hisobotini tinglagan. Çumakning sözlariga köra, «duşman harbiylari odamlarni ayamayapti, ammo himoyaçilar öz pozitsiyalarini mustahkam uşlab turibdi va hatto duşman askarlarini asirga olyapti», deyiladi Ukraina prezidenti saytida. 

Prezident Ukraina Qurolli kuçlari askarlariga şaxsan minnatdorçilik bildirib, harbiy xizmatçilarga mukofotlar, jumladan, kiçik serjant Igor Timoşçukka Ukraina Qahramoni «Oltin yulduzi»ni topşirdi. Katta leytenant Yevgeniy Baykov prezidentning «Harbiy xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, prezident şaxsiy tarkib xavfsizligi uçun harbiy xizmatçilarga joylarda topşiriş maqsadida mukofotlarni jönatdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.