Özbekiston prezidenti «Aholiga madaniy xizmat körsatiş darajasini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, milliy madaniyatni xorijda faol tarğib etuvçi çet el fuqarolari, jumladan vatandoşlar faoliyatini rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida «Özbek madaniyati elçisi» maqomini beriş tizimi joriy etiladi.

Hujjat bilan 2024–2025 yillarda respublikada ötkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.

2024 yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari örtasida respublika tanlovi ötkaziladi.

2024 yil 1 apreldan «Madaniyat tölqinlari» media-loyihasi amalga oşiriladi.

Media-loyiha doirasida tanlov ötkaziladigan yönalişlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatçilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va ğoyaviy yuksak eng yaxşi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million söm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.