Janubiy Koreyaning asosiy muxolifatdagi Demokratik partiyasi raisi Li Çje Myon 2 yanvar, seşanba kuni ommaviy tadbir vaqtida hujumga uçradi. Li Pusandagi Kadokto orolida yangi aeroport qurilişiga taşrif buyurganidan söng jurnalistlar savollariga javob berar ekan, unga dastxat oliş uçun kelgan taxminan 50-60 yoşlardagi noma’lum erkak tösatdan siyosatçiga hujum qilib, uning böyniga piçoq urgan. 

Hodisa vaqtida olingan suratlarda Janubiy Koreya muxolifati yetakçisi közlarini yumgan holda yerda yotgani, uning atrofida töplangan olomon böyniga römol bosib turganini köriş mumkin. Mahalliy OAV xabar berişiça, Li köp qon yöqotgan bölsa-da, huşida qolgan. Birinçi tibbiy yordam körsatilgandan söng, u tezkorlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

«Ryonxap» agentligi hujum qilgan şaxs voqea joyida qölga olinganini xabar berdi. 

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tezkor tergov ötkazişni buyurdi va Lini qöllab-quvvatlaşini bildirdi, deyiladi prezident idorasi bayonotida. «Yun jamiyatimiz heç qaçon, heç qanday şaroitda bunday zöravonliklarga toqat qilmasligi kerakligini ta’kidladi», — deyiladi bayonotda. 

Sonnam şahri sobiq meri Li Çje Myon Demokratik partiyani 2022 yil örtalaridan beri boşqarib kelmoqda. U 2022 yil mart oyida bölib ötgan prezidentlik saylovida Yun Sok Yolga kiçik farq bilan yutqazdi.