“Huquqiy axborot” kanali xabariga köra, qonun hujjatlari buzilganligi uçun vakolatli davlat organlari tomonidan uşlangan transport vositalarini saqlaş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali oçiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Transportlarni töxtaş joylariga olib keliş (taşiş) hamda saqlaş böyiça körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlarning çeklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.
“Jarima maydonçasi” axborot tizimi orqali, jumladan:
uşlangan, töxtaş joylariga joylaştirilgan va olib çiqişga ruxsat berilgan transportlar röyxati yuritiladi;
transportlarni töxtaş joylaridan olib çiqiş uçun barça tölovlar (jarima maydonçasi va huquqbuzarlik uçun jarimalar) elektron amalga oşiriladi.












