Hindistonning Dehli şahridagi Aakash Healthcare şifoxonasi yakunlangan 2023 yilda Özbekiston bilan samarali hamkorlikni amalga oşirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

"2023 yil Özbekiston bilan hamkorligimiz uçun juda samarali böldi, - deydi ixtisoslaşgan şifoxona boşqaruvçi direktori Aaşiş Çaudari. - Biz yetakçi mutaxassislarimizdan taşkil topgan delegatsiyalarning Özbekistonga bir neça bor safarlarini uyuştirdik, tekşiruv va taşxis işlarini amalga oşirdik, 2 mingdan ortiq bemorga malakali şifo topişga yordam berdik. Şuningdek, ortopediya, böğimlarni almaştiriş, gastroenterologiya, onkologiya kabi turli yönalişlarda 100 ga yaqin murakkab jarrohlik operatsiyalari ötkazildi".

Toşkent şahrida umumiy qiymati 80 million AQŞ dollariga teng "tibbiyot şaharçasi"ni barpo etiş loyihasini amalga oşiriş böyiça taşkiliy işlar boşlab yuborildi. Hindistonlik mutaxassislarning rejasiga köra, yangi majmua tarkibidan 600 örinli zamonaviy şifoxona va ta’lim muassasasi joy oladi.

"Hozir Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarligida loyihani kompleks ekspertizadan ötkazişning ikkinçi bosqiçi davom etmoqda, - deydi Aaşiş Çaudari. - Ekspertiza jarayoni tugallangaç, yangi majmua bilan boğliq barça hujjat va ma’lumotlar tegişli davlat organlariga taqdim etiladi. 2024 yil hamkorligimiz uçun juda muhim bosqiç bölişiga va yangi loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilişiga işonçimiz komil".