Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2023 yilda imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bölgan, deb yozadi «Mediazona» 2 yanvar, seşanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy saytidagi ma’lumotlarga tayanib.
Prezident farmonlari ketma-ket raqamlanadi, «hisoblagiç» esa har yil boşida nolga tenglaştiriladi. Şu tariqa, ötkazib yuborilgan raqamlarni sanab, qança farmon maxfiy bölganini tuşuniş mumkin, deb yozadi «Mediazona». 2022 yilda Ukrainaga hujum davrida bunday maxfiy farmonlarning uluşi 45 foizgaça oşgan. 2023 yilda bu körsatkiç rekord darajadagi 49,5 foizga yetdi. Yaşirin farmonlar harbiy xizmatçilarni mukofotlaş va uruşga jalb qilingan mahkumlarni afv etiş uçun ham qöllanadi.
Şu bilan birga, harbiy harakatlarning ikkinçi yilida Putin tomonidan imzolangan farmonlar umumiy soni deyarli özgarişsiz qoldi. 2022 yilda - 996 ta, 2023 yilda - 997 ta farmon imzolangan. Putin maxfiy farmonlar böyiça avvalgi rekordni 2001 yilda örnatgan edi – öşanda, Ikkinçi çeçen uruşi avjida bu körsatkiç 47 foizni taşkil etgan, deb hisoblaydi «Mediazona».












