44 davlat Yamanning husiyçi isyonçilarining Ğazo sektoridagi uruş vaqtida Qizil dengizda savdo kemalariga qilgan hujumlarini keskin qoraladi va birgalikda harakat qilişga çaqirdi. «Qizil dengizda davom etayotgan husiyçilar hujumlari noqonuniy, uni qabul qilib bölmaydi, holat çuqur beqarorlik keltirib çiqaradi. Fuqarolik kemalari va harbiy kemalarga qaratilgan maqsadli hujumlarni heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Bu - dunyodagi eng yirik dengizlardan biri böylab global savdoning asosiy tayançi bölgan navigatsiya erkinligiga bevosita tahdiddir», deyiladi 3 yanvar, çorşanba kuni Germaniya taşqi işlar vazirligi saytida e’lon qilingan 44 mamlakat hukumatlari qöşma bayonotida.
Hujjatda husiyçilarning xatti-harakatlari butun dunyo böylab begunoh odamlar hayotiga tahdid solayotgani va jamoaviy harakat talab qiladigan jiddiy xalqaro muammo ekanligi ta’kidlangan. «Xalqaro dengiz savdosining qariyb 15 foizi Qizil dengiz hissasiga töğri keladi, şu jumladan don savdosining 8 foizi, neft savdosining 12 foizi va suyultirilgan gaz savdosining 8 foizi. Xalqaro yuk taşiş kompaniyalari öz kemalarining yönalişini özgartirmoqda, bu esa tovarlar tannarxining keskin oşişi, butun dunyo böylab oziq-ovqat, yonilği va insonparvarlik yordami oqimini köp haftalar keçiktiradi», - deyiladi bayonotda.
Hujjatda ta’kidlanişiça, agar noqonuniy hujumlar va kemalarni noqonuniy egallab oliş töxtamasa, husiyçilar insonlar hayotiga, jahon iqtisodiyotiga va mintaqadagi asosiy dengiz yöllariga xavf tuğdirişda davom etsa, oqibatlari uçun töliq javobgarlik ularning zimmasiga tuşadi. «Biz qoidalarga asoslangan dunyo tartibiga sodiq qolamiz va yomon niyatli şaxslarni noqonuniy egallab oliş va hujumlar uçun javobgarlikka tortişga qat’iy qaror qildik», - deyiladi AQŞ, Avstraliya, Kanada, Daniya, Yaponiya, Bahrayn, Yangi Zelandiya kabi 44 davlatning qöşma bayonotida.
Logistika kompaniyalari yuk taşişni töxtatyapti
Xalqaro dengiz taşkiloti (IMO) ma’lumotlariga köra, 18 ta logistika kompaniyasi allaqaçon Qizil dengizda yuk taşişdan voz keçdi. 2 yanvar kuni eng yirik taşuvçilardan biri - Maersk Qizil dengiz va Aden böğozi orqali yuk taşişni noma’lum muddatga töxtatdi. Maersk kemalaridan biriga Bab al-Mandeb böğozidan ötganidan söng noma’lum obekt kelib urilgan.
Husiyçilarning hujumlari tufayli yuk taşiş narxi keskin oşdi. Osiyo va Şimoliy Yevropa örtasidagi yuk taşiş qiymati bu hafta ikki baravarga ortib, bir konteyner uçun 4000 dollardan kötarildi. Osiyo va Örta Yer dengizi mintaqasi örtasidagi yuk taşiş narxi har bir konteyner uçun 5175 dollargaça yetdi. Yirik yuk taşiş kompaniyalari yanvar oyining örtalariga borib Örta Yer dengiziga yetkazib beriş narxi bir konteyner uçun 6000 dollargaça kötarilişi haqida xabar berdi.












