Husiyçilar yetakçisi

Yaman husiyçilarining harbiy, diniy va siyosiy rahbari Abdulmalik al-Husiy (1979-yilda tuğilgan) islomşunos olim Badr ad-Din al-Husiyning öğli bölib, harakatga 2004-yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda.

Abdulmalik al-Husiyning kelib çiqişi Yamandagi al-Husiy sulolasiga borib taqaladi. Bu sulola vakillari «sayyidlar», yaʼni Muhammad payğambar avlodlari sifatida eʼtirof etiladi. Ular «hoşimiylar», «aşrof» va «ahli bayt» – «Payğambar xonadoni ahli» deb ham ataladi.

Hani Al-Ansi / dpa / Global Look Press
Яманлик савдогар ҳусийчилар етакчиси Абдул-Малик ал-Ҳусийнинг портретларини намойиш этмоқда, Сано, 2021 йил 25 январ

Abdulmalik al-Husiy husiyçilar nazoratidagi davlat tuzilmalarida heç qanday rasmiy lavozimda emas, lekin «qoid as-saura» («inqilob rahbari») unvoniga ega. Uning vakolatlari Erondagi oliy rahbar vakolatlariga qiyoslanadi.

Harakat rahbariyatida Abdulmalik al-Husiyning aka-ukalari, jiyanlari va boşqa qarindoşlari muhim örin egallaydi. Ular orasida Yahyo va Abd al-Xoliq al-Husiy, amakisi Abdulkarim al-Husiy, jiyani Muhammad Ali al-Husiy, kuyovi Yusuf al-Madaniy va boşqalar bor.

Husiyçilarning maqsadi

Husiyçilar harakati rivojlanişi barobarida uning maqsadlari ham özgarib borgan. 2004–2010-yillarda ular Yamanning zaydiylar yaşaydigan viloyatlarida diniy va siyosiy muxtoriyatga erişişni közlagan. 2014-yilda hokimiyatni qölga kiritganidan keyin esa uni mustahkamlaş va butun mamlakat böylab nazoratni kuçaytirişga intilgan.

2015-yilda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya qöşinlari Yamanga kirganidan keyin husiyçilar Yamanni birlaştiriş va mamlakatni xorijiy kuçlardan, birinçi navbatda AQŞ, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari hamda ularning yamanlik ittifoqçilaridan ozod qilişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Hani Ali / Xinhua / Global Look Press
Санода ҳусийчилар ҳаракатини қўллаб-қувватлаб ўтказилган митинг, 2016 йил 18 июл