Biz borgan Çimyon qişloğining Konçilar mahallasidagi bozor haftaning çorşanba-şanba kunlari işlar ekan. Ötin sotayotgan odamlarga mikrofon tutdik.
Ötinning narxi qança?
“Ayni kunlarda bir Labo örik ötin holatiga qarab 800 000 sömdan 1 mln 200 000 sömgaça, “ZIL”dagisi esa 2 mln 800 ming sömgaça sotilyapti. Yoz kunlarida muddati ötgan, yaxşi hosil bermay qöygan boğlardagi mevali daraxtlarni kesib, qişda sotiş uçun tayyorlab qöyamiz. Bu ham tirikçilikning bir körinişi-da. Sovuq tuşdi degunça ularni bozorga olib çiqamiz.


Ötin sotib boyib ketmaysiz-ku, lekin hartugul qora qozoningiz qaynab turadi-da. Qişda ötin sotaman. Bahordan boşlab dehqonçilik bilan şuğullanaman, traktor haydayman.
Kunlar sovib, ötin sotiş mavsumi ham boşlandi. Endi buyoğiga to bahorgaça ötin sotamiz. Çimyon qişloğining Konçilar mahallasida har çorşanba-şanba bozor böladi. Haftaning qolgan kunlari boşqa qişloqlardagi bozorlarga borib ötin sotib kelamiz.

Bir oila kamida 3 ta Labödagi ötin va örtaça 2 tonna kömir bilan qişdan çiqişi mumkin”, deydi ötinfuruşlardan biri.

Farğona tumanining Qörğontepa qişloğida yaşovçi Adham ota Abbosovni ötin bozorida uçratdik. Otaxon narxlarni biliş uçun bozor oralagan ekan.
“Bozorga tuşib, ötinning narxlariga qiziqdim. Qiş ham kelyapti, ilojini qilsak, ötin sotib olamiz-da. Özimizning boğdorçiligimiz bor, ötin özimizdan ham çiqadi, kam-köstiga olib qöyamiz-da. Bilib bölmaydi, qiş qattiq kelişi ham mumkin. Har yili 2 ta peçkaga öt yoqamiz. 1,5 tonna kömir va 2 Labo ötin bilan qişdan eson-omon çiqib olamiz”, deydi Adham ota.

Konçilar bozoriga kiriş eşigi yonidagi dökonda Tohir aka Xolmatov öğli bilan peçka sotar ekan.




















