Özbekistonda viloyat va respublika darajasidagi barça köptarmoqli şifoxonalarda umumiy boşqaruvni tibbiyot menejyerlari tomonidan amalga oşirilişiga erişiş rejalaştirilmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga köra, birlamçi böğin muassasalarining 30 foizi, viloyat muassasalarining 50 foizi, Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalarining 70 foizi milliy akkreditatsiyadan ötkaziladi.

Har bir hududda kamida 1 ta viloyat/şahar muassasasi, 5 ta Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va respublika muassasalari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi.

Moliyalaştiriş, dori-darmon, tibbiy buyum, jihoz va uskunalar ta’minoti, tibbiy xizmat körsatiş hamda boşqaruvda mukammal bölgan milliy tibbiy yordam tizimi şakllantiriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini bosqiçma-bosqiç litsenziyalaş (davlat röyxatidan ötkaziş) nazarda tutilyapti.