Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi ma’lum qilişiça, 5 yanvar tongida KXDR harbiylari Janubiy Koreyaning Pennyondo va Yonphyondo orollari yaqinida 200 ga yaqin artilleriya snaryadlari otgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Yonhap» agentligi aniqlik kiritişiça, snaryadlar Sariq dengizdagi şimoliy demarkatsiya çiziği yaqinidagi bufer zonaga — amalda ikki mamlakatning dengiz çegarasiga qulagan. 

Otişma oqibatida, Seul ma’lumotiga köra, jabrlanganlar yöq. Janubiy koreyalik harbiylar KXDR harakatlarini «provokatsiya» deb baholagan va Pxenyanni buni zudlik bilan bas qilişga çaqirgan. 

Şimoliy Koreyaning harakatlariga javoban janubiy koreyalik harbiylar Sariq dengizdagi orollarida öt oçiş böyiça maşğulotlar ötkazişni rejalaştirmoqda.

«Yonhap»ning yozişiça, rasmiy Seul «Şimoliy Koreya tomonidan harbiy provokatsiyaning yaqqol alomatlari fonida» Yonphyondo orolidagi tinç aholini boşpanalarga evakuatsiya qilişga buyruq bergan.

KXDR rasmiylari Janubiy Koreya bayonotlari yuzasidan hozirça izoh bermadi.

  • 2018 yil sentabrida KXDR va Janubiy Koreya ikki davlat çegarasidagi demilitarizatsiya hududida keng kölamli artilleriya va dala öquv maşğulotlari ötkazmaslik, şuningdek, bu hududda harbiy samolyotlar parvozlariga yöl qöymaslik böyiça kelişib olgandi. Ikki mamlakat örtasidagi kelişuv Sariq dengizda harbiy-dengiz maşğulotlari ötkazilmaydigan bufer zona yaratişni nazarda tutgan.
  • 2023 yil noyabrida Şimoliy Koreya Seulni «provokatsion manyovrlar»da ayblab, bu kelişuvni bekor qilgandi.