Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Fariddin Nasriyev Eron Taşqi işlar vazirligi Protokol boş departamenti direktori Moxsen Mortazoiy Far bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot çoğida Özbekiston va Eron örtasidagi munosabatlarning holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Mamlakatlar örtasidagi turli darajadagi özaro taşriflar faollaşayotgani qayd etildi.

Şuningdek, tomonlar kun tartibida turgan muhim masalalar va ötkazilişi möljallangan qöşma tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almaşdi.

Bundan taşqari, Özbekiston bilan Eron örtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.