Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan olib borilgan örganişlar davomida Toşkentdagi ayrim bekatlarda eskalatorlar bilan boğliq muammolar aniqlangan.
Qayd qilinişiça, «Toşkent metropoliteni»ga qaraşli ayrim bekatlarida, xususan, «Özbekiston temir yöllari» tomonidan yerusti metrosining 4- (Olmos), 5- (Rohat), 10- (Tolariq), 13- va 14-bekatlarida örnatilgan eskalatorlar işdan çiqqani aniqlangan.
Qömita mas’ul tuzilmalarni jalb qilgan holda eskalator va liftlarni töliq işga tuşiriş çoralarini köriş hamda bajarilgan işlar natijalari yuzasidan ma’lumot taqdim etişni sörab, Toşkent şahar hokimi hamda «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisiga rasmiy xat jönatgan.
Ta’kidlanişiça, uşbu masala yuzasidan Senatning navbatdagi yalpi majlisida mas’ul taşkilot rahbarlarining axboroti eşitiladi.








