Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga köra, 1 yanvar holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 34,56 mlrd dollarni taşkil qildi.

Zaxiralar noyabr oyga nisbatan deyarli 1,66 mlrd dollarga oşgan bölsa-da, yil boşidan beri 1,2 mlrd dollarga kamaygan.

Hisobot davrida oltin zaxiralari qiymati 23,7 mlrd dollardan 24,6 mlrd dollargaça köpaygan. Öz navbatida oltinning fizik hajmi 11,6 mln troya unsiyasidan 11,9 mln troya unsiyasiga oşgan. Jahon bozorida oltin narxlari qimmatlaşişi fonida oltin zaxiralarining qiymati ortgan.

Şuningdek, dekabr oyida xorijiy valuta zaxiralari qiymati 8,6 mlrd dollardan 9,3 mlrd dollargaça ösgan. 

2023 yil davomida Özbekistonning zaxira aktivlari tarkibidagi oltinning fizik hajmi 12,7 mln troya unsiyasidan 11,9 mln troya unsiyasigaça qisqardi. Xorijiy valuta zaxiralari esa 11,64 mlrd dollardan 9,37 mlrd dollargaça kamaydi. Importning tez ösib borayotgani fonida oltin valuta zaxiralarining importni qoplaş darajasi ham 8-8,5 oygaça pasaydi. Yil oxirida zaxiralarning kamayişi 2018 yildan beri birinçi marta sodir böldi.

Avvalroq, Özbekiston Markaziy banki oktyabr va noyabr oylarida dunyoning boşqa mamlakatlariga qaraganda köproq – 11 tonnadan oltin sotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uçun, 2023 yilning 11 oyida Özbekiston 8,1 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu ötgan yilga nisbatan 2,3 barobarga köp.