Meta Platforms ösmirlarning Instagram va Facebook akkauntlarini zararli kontentdan, jumladan, öz a’zolariga zarar yetkaziş, zöravonlik tasvirlari va ovqatlanişning buzilişi haqidagi video va postlardan avtomatik ravişda çeklaşni rejalaştirmoqda. The Wall Street Journal naşrining yozişiça, özgarişlar yaqin haftalarda kuçga kiradi. 

Bu texnologiya gigantining ijtimoiy media saytlarida yoş foydalanuvçilarni zararli kontentdan himoya qiliş böyiça joriy qilgan eng katta özgarişlardir. Avvalroq, Qöşma Ştatlarning 40 dan ortiq ştati Meta kompaniyasini yoşlar uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan kontent haqida jamoatçilikni çalğitgani böyiça sudga bergan edi. Özgarişlar aynan şundan keyin joriy qilinmoqda. 

18 yoşgaça bölgan foydalanuvçi akkaunti, röyxatdan ötiş paytida kiritilgan tuğilgan sana asosida avtomatik ravişda eng çeklovçi kontent sozlamalariga joylaştiriladi. 16 yoşgaça bölgan ösmirlarga şahvoniy mazmundagi kontent körsatilmaydi. Ilgari ösmirlar kamroq çeklovli sozlamalarni tanlaşi mumkin edi. Ammo endi yoş foydalanuvçilar uşbu yangi sozlamalardan voz keça olmaydi.

Meta ösmirlar uçun qaysi turdagi kontent mos kelmasligini aniqlaş uçun ösmirlar rivojlanişi böyiça mutaxassislar bilan maslahatlaşganini ta’kidlamoqda.

Meta bayonotiga köra, uning algoritmlari allaqaçon özining Video Reels and Explore sahifasida ösmirlarga zararli kontentni tavsiya qilişdan qoçmoqda. Yangi özgarişlar tufayli bunday kontent endi ösmirlarga öz tasmalarida va hikoyalarida körsatilmaydi.

Özgarişlar şu haftadan boşlab avtomatik ravişda ösmirlar akkauntida qöllanişi kutilmoqda. Yangi yaratilgan ösmir akkauntlari ham yoşiga mos kontent bilan çeklanadi.

Ösmirlar öz joniga qasd qiliş, öz a’zolariga zarar yetkaziş va ovqatlaniş buzilişi bilan boğliq sözlarni qidirganda, Instagram va Facebook bunga taalluqli natijalarni yaşiradi va ösmirlarga yordam beruvçi mutaxassislar manbalariga yönaltiradi.