Özbekistonda qidiruvga berilgan Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneş deputati Emil Jamğirçiyevga nisbatan qanday jinoyat işi qözğatilgani ma’lum böldi. Bu haqda Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev parlamentning 10 yanvar kungi yiğilişida gapirib ötdi.
Taşiyevga köra, deputat Jamğirçiyev Özbekistonga ötib, «Salimboyvaçça» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevdan Qirğiziston rasmiylari orasidagi nizolarni bartaraf qilib, örtada tartib örnatişda yordam söragan. Abduvaliyev esa Qirğistondagi işlarga aralaşmasligini aytgan.
Taşiyev öz xodimlari Özbekistonga borib, Salim Abduvaliyevni söroq qilganini aytgan. Tergov vaqtida deputat Jamğirçiyev ikki davlat çegarasini noqonuniy kesib ötib, Salim Abduvaliyev bilan xufiyona körişişga kelgani tasdiqlangan.
«Bundan taşqari, Jamğirçiyev Salimboyning yordamçisini ham aldab ortga qaytgan. Yordamçi ham guvohlik berib, Emil bir neça kun mehmonxonada qolib, pulini tölamay qoçib ketganini bildirdi. Şu bois, Özbekistonda Jamğirçiyevga nisbatan firibgarlik va davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş böyiça jinoyat işi qözğatilgan», degan Taşiyev.
Taşiyev, şuningdek, Jamğirçiyev Salim Abduvaliyevga qariyb 10 varaqdan iborat murojaat yozgani, unda hatto özining deputatdan göyoki 180 ming dollar talab qilgani haqida yozganini ham qayd etgan.
«U mamlakatimizni boşqarayotganlarning hammasini yomonotliq qilib, çora körişni söragan. Bu qanday bedodlik?!
U unga göyoki men undan 180 ming dollar undirganim haqida yozgan. Men esa, aksinça, pullarini qaytarib olib berganman. Ikki yigit mening nomimdan Jamğirçiyevning otasidan pul olgan. Ulardan biri Qadamjöydan, ikkinçisi - Suzoqdan. Ha, öz vaqtida, saylovlardan oldin ular biz bilan yurgan. Bu fakt böyiça biz jinoiy iş qözğatib, bu yigitlarni qölga olganmiz va otasiga 180 ming dollarni qaytarganmiz. Ulardan biri - Orozaliyev - 10 ming dollar bergan, keyingi kuni ozodlikka çiqişi kerak edi, ammo tongda unda insult röy berdi va şifoxonada vafot etdi.
Jamğirçiyev Abduvaliyevga göyoki Qirğizistonning barça prezidentlari saylovlardan oldin uning fotihasini olişgani haqida yozgan. Bu qanaqasi? Butun mamlakatni kulgiga qöydi! Qaçon bizning prezidentlar krimavtoritetdan ruxsat söragan ekan?! Heç qaçon bunday bölmagan va bölmaydi ham. Jamğirçiyev Taşiyevni javobgarlikka tortişni ham söragan», deya Taşiyevning sözlarini keltirgan Kaktus Media.
Jogorku Keneş deputatlari 10 yanvar kungi yiğilişda deputat Emil Jamğirçiyevni jinoiy javobgarlikka tortiş böyiça rozilik berdi. 69 nafar deputat bu qarorni yoqlab ovoz bergan. Qarşi ovozlar bölmagan.
Hozirda Jamğirçiyev Jogorku Keneş binosidan qoçib, yaşiringani aytilmoqda.
- Emil Jamğirçiyev Özbekistonda qidiruvga berilgani 2023 yil fevralida ma’lum bölgandi. Biroq öşanda uning qaysi jinoyatda gumonlanib, qidiruvga berilgani ma’lum qilinmagandi.
- Eslatib ötamiz, Salim Abduvaliyev 2023 yil 5 dekabr kuni protsessual tartibda uşlangan. U Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan (öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaş) gumon qilinayotgani aytilgandi.
- Keyinroq Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev Abduvaliyevga nisbatan jinoyat işida ayblov qayta körib çiqilganini bildirib, unga sud ajrimi bilan qamoq ehtiyot çorasi qöllangani haqida ma’lum qilgandi.












