Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşi yamanlik isyonçilarni Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. Yaponiya va AQŞ tomonidan kiritilgan tegişli rezolyutsiya 10 yanvar, çorşanba kuni Nyu-Yorkda ön bir ovoz bilan qabul qilindi, heç kim qarşi çiqmadi. Tört davlat – Rossiya, Xitoy, Jazoir va Mozambik betaraf qoldi. Ovoz beriş bir neça soatga keçiktirildi, çunki Rossiya bir neçta tuzatişlar kiritdi, ularning barçasi rad etildi, deya aniqlik kiritmoqda dpa agentligi.

Rezolyutsiyada husiyçilarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlari keskin qoralanadi. Isroil bilan HAMAS örtasida uruş boşlanganidan beri keskin ortgan raketa va dron hujumlari xalqaro savdo, dengiz qonunçiligiga putur yetkazmoqda hamda mintaqadagi xavfsizlik va tinçlikka zarar keltirmoqda. Rezolyutsiyada aytilişiça, hujumlar «zudlik bilan» töxtatilişi kerak. 

Şu bilan birga, husiyçilar noyabr oyida egallab olingan Yaponiyaning Galaxy Leader kemasini ekipaji bilan birga qöyib yuborişga çaqirildi. AQŞ ma’muriyati ma’lumotlariga köra, 2023 yil oktyabr oyidan beri Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiyçilar Qizil dengizga Yamandan yuzdan ortiq uçuvçisiz uçoqlar va raketa hujumlarini uyuştirgan. Ilgari isyonçilar rasmiylari faqat Ğazo sektoriga yordam yetkazuvçi yuk kemalariga hujum qilinmasligini bildirgan edi. 

Kemalar Qizil dengiz va Suvayş kanali yöllaridan tobora uzoqlaşmoqda

Qizil dengiz - markaziy savdo yöli, u orqali jahon savdosining ön ikki foizi ötadi. Suvayş kanali Örta Yer dengizi va Qizil dengizni boğlab, Osiyo va Yevropa örtasidagi eng qisqa dengiz yöliga aylangan. Afrika janubidagi muqobil yöl taşiş vaqtini sezilarli darajada oşiradi. 

Yaman Qizil dengiz va Adan körfazi örtasidagi Bob al-Mandeb böğozida joylaşgan. Xavfli vaziyat tufayli yirik yuk taşiş kompaniyalari Qizil dengiz va Suvayş kanali orqali ötadigan yöllardan köproq uzoqlaşmoqda. Tijoriy yuk taşişni himoya qiliş uçun Qöşma Ştatlar dekabr oyida xalqaro harbiy koalitsiya tuzdi. 

Yamanning husiyçilar inqilobiy qömitasi rahbari Muhammad Ali al-Husiy BMTning Qizil dengizdagi savdo yöllariga hujumlar böyiça qabul qilingan rezolyutsiyasini «siyosiy öyin» deb atadi, bunda «aynan AQŞ xalqaro huquqni buzayotgani aytildi», deb yozadi Reuters. Al-Husiy AQŞ qaysi huquqni buzayotganiga aniqlik kiritmadi. 

Husiyçilar tomonidan Galaxy Leader kemasi egallab olinişi

19 noyabr kuni avvalroq Isroilning barça kemalariga hujum qiliş niyatini bildirgan Yamanning husiyçi isyonçilar Qizil dengizda Bahama orollari bayroği ostida harakatlangan Galaxy Leader kemasiga çiqib oldi. Egallab olingan vaqtda kema yapon kompaniyasiga ijaraga berilgan bölgan. Ambrey dengiz xavfsizligi kompaniyasi ma’lum qilişiça, kemaning «guruh egasi Ray Car Carriers sifatida körsatilgan», uning boş kompaniyasi isroillik tadbirkor Abraham «Rami» Ungarga tegişli. 

9 yanvar kuni husiyçilar Qizil dengizda savdo kemalariga navbatdagi hujum uyuştirdi. AQŞ va Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuçlari bölinmalari Qizil dengiz janubiga xalqaro yuk taşiş yönalişlari va önlab savdo kemalari tomon otilgan 18 ta uçuvçisiz uçoq va uçta raketani urib tuşirdi, deya ma’lum qildi AQŞ harbiylarining mintaqaviy qömondonligi.

AQŞ harbiylariga köra, husiyçilar hujum qiliş uçun Eron tomonidan işlab çiqarilgan OWA UAVS dronlari, kemalarga qarşi qanotli va ballistik raketalardan foydalangan. Ular Amerikaning USS Dwight D. Eisenhower, USS Gravely, USS Laboon, USS Mason, şuningdek, Britaniyaning HMS Diamond aviataşuvçisi tomonidan urib tuşirilgan. 

Bu - ötgan yilning 19 noyabridan beri Qizil dengizdagi tijoriy yuk taşiş yönalişlariga husiyçilarning 26-hujumi.