Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston hududida çiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan boğliq nazoratni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida Bazel konvensiyasiga muvofiq, 27 turdagi xavfli çiqindilarning Özbekiston hududiga olib kirilişini taqiqlaş, import va eksport qilinişi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlanişi lozim bölgan xavfli mahsulot va çiqindi turlari röyxatini tasdiqlaş közda tutilmoqda.
Vena konvensiyasiga muvofiq, Özbekistonga import qilinişi taqiqlangan ozonni buzuvçi moddalar va tarkibida ular mavjud bölgan mahsulotlarning yangilangan röyxati, import va eksport qilinişi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikat böyiça amalga oşiriladigan ozonni buzuvçi moddalar va tarkibida ular mavjud bölgan mahsulotlarning yangilangan röyxati tasdiqlanadi.
Ozonni buzuvçi moddalar va ular tarkibida mavjud bölgan mahsulotlarni import va eksport qiliş ekologik sertifikat asosida faqat “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali amalga oşirilişi belgilanadi.
Ozonni buzuvçi moddalarning importi uçun kvotalar elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinişi yölga qöyiladi.
Stokholm konvensiyasiga muvofiq 32 turdagi ösimliklarni himoya qiliş vositalari va boşqa turğun organik ifloslantiruvçi moddalarni Özbekiston hududiga olib kirilişi taqiqlanadi.











