Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyi qozonxonasi işçisi pnevmatik qurol bilan özini otib qöygan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lumot berdi.
Hodisa 2024 yil 10 yanvar kuni soat 16:20 da Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir bölgan.
Ma’lum bölişiça, universitet yotoqxonasiga qaraşli qozonxona işçisi, 32 yoşli X.M. öziga tegişli “Niva” maşinasida bölgan “KRUGERGUN” gazli pnevmatik qurolni közdan keçirayotib, uning tepkisini bosib yuborgan va çap kökrak qismidan jarohatlangan.
Jabrlanuvçi şu holida maşinadan tuşib, yotoqxonaning birinçi qavatida joylaşgan tibbiyot punktiga birinçi yordam sörab borgan. Şoşilinç tibbiy yordam körsatiş xodimlari yetib kelgunga qadar fuqaro X.M. körsatilgan birlamçi tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Buxoro şahar prokuraturasi tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda. Marhumning ölimi böyiça sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.












