Marhum şoira Gulçehra Nurilloh qizining tanlangan şe’rlaridan iborat uç tomlik şe’riy töplami naşr etildi.

«Yurak bilan suhbat» nomli birinçi jildga bir paytlar kitoblariga kiritilgan şe’rlar saralab olingan, «Martabasi baland quyoşning» nomli ikkinçi jildidan şoiraning 1987 yildan 2003 yilgaça yozilgan satrlari joy olgan. «Haqqa haqiqatga» nomli uçinçi jild esa şoira ijodining 2004 yildan 2020 yilgaça bölgan davrini qamrab olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ijodkorlar va muxlislar şoira hamda uning mazkur töplami töğrisidagi iliq fikrlarini bildirib ötgan.

«Bugun Özbekiston butunlay boşqaça qiyofada bölişi mumkin edi, yangi tariximiz ham boşqaça keçgan bölardi, magaram peşonamizga Gulçehra Nurillohlardan biron önta bitgan bölganda. Ijodkor va Şaxs öz ğoyalari yölida heç nimaga çalğimasligi kam kuzatiladi. Odatda diqqat hammaslaklaring, yöldoş uluğ şaxslar, manfaatlar uzra soçilib ketadi. Boş maslakdan uzoqlaşasan yoki ayro tuşasan. Yaqin tariximizda bunga misollar juda köp. Ammo Gulçehra opa hammadan voz keçib bölsa ham, yakka özi hammaga qarşi borib bölsa ham oliy Maqsadi, boş Ğoyasidan çalğimagan Şaxs ölaroq gavdalandi köz öngimda. Töplamlarini naşr etişga biroz hissam qöşilib qolganidan ğoyat mamnunman», deydi töplamlar naşr etilgan «Akademnaşr» naşriyoti rahbari Sanjar Nazar.

«Sevimli Erkin Vohidovning «Gul yonib, gulgun yonib, gulşan aro Gulçehralar» deb boşlanuvçi maşhur ğazalidagi Gulçehralardan biri mana şu jömard ayol edi. Ösmirligimda «Saodat» jurnalini Halima opam rahbar yillaridagi sonida «Men ona bölarman jömard zotiga» sarlavhali bir turkum şe’rlarini öqigandim. Mahliyo bölgandim.

Vaqtlar ötib, şoiraning özi va Vatani taqdiri bilan boğliq iztirobli, lekin uluğvor bir qat’iyat ruhidagi şe’rlarini öqidik. Uzoq yillar xalqidan ayro qilingan şoiramiz ijodi bilan töliq tanişiş imkoni bor endi. Bu kitobdagi ayrim şe’rlarni öqib, odamzotga, ayniqsa, ulkan iste’dodlarga zulm qiliş heç qaçon yölboşçilarga zeb bölmasligini angladim», deydi şoira Guljamol Asqarova.