O‘zbekiston | 12:44 / 16.01.2021
24383
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli shoira Gulchehra Nurullayeva vafot etdi 

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Joriy yilning 15 yanvar kuni taniqli shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1956-1964 yillarda Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan. 

U 1961-1967 yillarda «O‘zbekiston xotin-qizlari» jurnalida ishlagan. 1967—1969 yillarda esa Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Nurullayevaning birinchi she'riy to‘plami 1965 yilda «Quyosh tabassumi» nomi bilan chop etiladi. Shoiraning turli yillarda «Orzularim qoqadi qanot», «Tashnaman», «Ikkinchi bahor», «Lirika», «Bag‘ishlov», «Paxta hidi», «Nurli nuqtalar», «Muhabbatning suvrati» nomli kitoblari ham chop etilgan.

 «Men uning she'rlarini hamma vaqt o‘qib, kuzatib boraman, – deb yozgan edi Saida Zunnunova. – Shoira hissiyotidagi nafislik, teranlik, ayol qalbiga xos mayinlik hamma vaqt meni xursand qiladi. Gulchehra she'rlari ustida qunt bilan ishlaydi. Bu uning satrlarining pishiqligidan, yangi, chiroyli obrazlar topa bilishidan ko‘rinib turadi».

Shoira o‘zining tanqidiy fikrlari uchun 1990-yillarda ma'lum muddat ta'qibga uchragan, Yozuvchilar uyushmasi a'zoligidan chetlatilgan. 2018 yilning noyabr oyida esa u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qayta qabul qilingan. 

2019 yilning 9 may kuni O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan I darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni (oltin medali) bilan taqdirlangan.

Gulchehra Nurullayeva 16 yanvar kuni Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn etilgan.

Kun.uz shoiraning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi