Şofirkon tumanida voyaga yetmagan farzandini muttasil ravişda kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z.dan Şofirkon tumanida yaşovçi S.N. kiçik yoşdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotgani bayon etilgan murojaat va bu holatga oid videomateriallar kelib tuşgan. 

Holat yuzasidan Şofirkon tumani içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilgan. Jarayonda aniqlanişiça, S.N. 2018 yilda tuğilgan farzandi S.F.ni beşikka boğlagan holatda tayoq va boşqa jismlar bilan muttasil ravişda, 2022 yilning mart oylaridan 2023 yil noyabr oyigaça kaltaklab, qiynab kelgan.

Holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bölgan şaxsni qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Şofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Jizzax viloyatida gödak farzandini qiynagan, hayoti va soğliğini xavfga soluvçi harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat işi oçilgandi.