Özbekiston elçixonasi xodimlari Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi ijroçi direktori Mixael Xarms bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Uçraşuvda 2024 yilda ikki mamlakat örtasida iqtisodiyot sohasida hamkorlikdagi qator loyiha va rejalar, işbilarmon doira vakillari iştirokida turli tadbirlarni taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor joriy yil may oyida Germaniya yetakçi kompaniya va firmalari vakillaridan iborat delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş, uning doirasida ikki mamlakat yetakçi kompaniyalar iştirokida qöşma biznes-forum va B2B şaklidagi uçraşuvlar ötkaziş masalalariga qaratildi.
Şuningdek, Germaniyaning tekstil, yengil sanoat, maşinasozlik, metallurgiya, oziq-ovqat va farmatsevtika sohalari bilan investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini örnatiş maqsadida Namangan viloyatida "Farğona vodiysi – Germaniya" formatida işbilarmonlar konferensiyasini ötkaziş masalalari xususida fikr almaşildi.
Nemis tomoni Germaniyada örta maxsus malakadagi kadrlarning keskin tanqisligi kuzatilayotgan bir davrda, Özbekiston yoşlarini dual kasbiy ta’lim asosida öqitiş, kasb-hunar örgatiş va keyinçalik işga joylaştiriş borasida yaqindan hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
Bundan taşqari, suhbatdoş mamlakat hududlari delegatsiyalarining Germaniyaga taşriflarini, şu jumladan, nemis kompaniya va banklari bilan yangi qöşma investitsiya loyihalari va eksport şartnomalarini tuziş yuzasidan muzokaralarni taşkil etişda iştirok etişini ma’lum qildi.












