Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Muzaffar Madrahimov Latviya elçisi Reynis Trokşa bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş böyiça takliflarni körib çiqdi.
Raqamlaştiriş, axborot-kommunikatsiya va «yaşil» texnologiyalar sohasida hamkorlikni çuqurlaştiriş muhimligi qayd etildi.
Bölajak qöşma tadbirlar, xususan, taşqi işlar vazirliklari örtasidagi maslahatlaşuvlarning 18-davrasi hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş jadvali yuzasidan fikr almaşildi.












