Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Gallup tadqiqot va konsalting taşkiloti tomonidan tayyorlanayotgan yillik sörovnomasi böyiça hisobotini tahlil qildi.

2022 yilda mamlakatda farovonlik indeksi maksimal 10 balldan 6 ballni taşkil etdi. Possovet Yevrosiyo mintaqasida (Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Armaniston, Gurjiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Moldova kiradi) örtaça körsatkiç 5,7 ga teng.

Sörov natijalariga köra, özbekistonliklarning 39 foizi öz farovonligi oşib borayotganini qayd etgan, bu mintaqaviy örtaça 30 foizdan sezilarli darajada yuqori. Faqat 2 foiz aholi hayotda qiyinçiliklarga uçrayotganini bildirgan, bu mintaqaviy körsatkiçdan 6 foizga past.

Özbekiston farovonlik körsatkiçlari böyiça mintaqa mamlakatlari orasida eng yaxşi natijani qayd etgan. 80 foiz aholi hozirgi moliyaviy holatidan qoniqayotganligini bildirgan, bu mintaqadagi eng yuqori körsatkiç bölib, mintaqa uçun örtaça 60 foizni taşkil etgan.

Aholining 44 foizi (mintaqada 33 foiz) hozirgi daromadlarida yaxşi hayot keçirayotganini bildirgan.

Mamlakat keyingi beş yil içida kutilayotgan farovonlik böyiça eng yuqori ballga ega böldi — 8,7 ball, mintaqaviy örtaça körsatkiç — 7,4 ball. Özbekistonlik iştirokçilarning 86 foizi turmuş darajasi yaxşilanayotganini ta’kidlagan (mintaqada 40 foizi).