AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiyaga qarşi kuraşayotgan mamlakatiga yordam beriş davom etişiga işontirdi. 16 yanvar, seşanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Zelenskiy bilan bölib ötgan uçraşuvda AQŞ taşqi siyosat idorasi rahbari: «biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşimizni davom ettiriş tarafdorimiz va bu maqsadga erişiş uçun Kongress bilan juda yaqin hamkorlik qilamiz», dedi.
Uçraşuvda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ham iştirok etdi. U Ukraina prezidentini AQŞ va uning ittifoqçilari uruşda Rossiyaning mağlubiyati va Ukraina ğalabasini ta’minlaşga qat’iy qaror qilganiga işontirdi.
Öz navbatida, Zelenskiy Blinken bilan «muhim uçraşuv» haqida e’lon qildi. «Biz Ukraina va AQŞ örtasidagi kelgusi hamkorlikni muhokama qildik. Havo hujumidan mudofaa va uzoq masofani nişonga oliş qobiliyati bizning davlatimiz uçun ayniqsa muhim», — deb yozdi u Telegram’da. U, şuningdek, AQŞ ma’muriyati, butun Amerika xalqiga AQŞ Kongressida Ukrainani «ikki partiyaviy qöllab-quvvatlagani» uçun minnatdorçilik bildirdi. «Biz sizning qöllab-quvvatlaşingizga işonamiz, şu jumladan kelajakda ham», dedi u. Xususan, u Kiyevga Rossiya raketalarini urib tuşirişda yordam beradigan AQŞda işlab çiqarilgan Patriot tizimlari taqdim etilganini ta’kidladi.
Zelenskiy NATO rahbari va yirik biznes vakillari bilan uçraşdi
Bundan taşqari, Zelenskiy Davosda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan uçraşdi. «Biz köplab muhim masalalarni muhokama qildik. Jang maydonidagi vaziyat, davlatimizning mudofaa ehtiyojlari, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini yanada mustahkamlaş, NATOning Vaşingtonda bölib ötadigan navbatdagi sammitiga tayyorgarlik, ikki tomonlama xavfsizlik şartnomalari böyiça hamkorlar bilan işlaş, Ukraina NATOga kirgunga qadar amalda böladigan G7 deklaratsiyasi şular jumlasidan», - deya u Telegram’da uçraşuv mavzularini sanab ötdi.
Ukraina prezidenti, şuningdek, Davosda yirik biznes rahbarlari bilan uçraşuv ötkazişini e’lon qildi va investorlarni öz mamlakatiga sarmoya kiritiş va uni qayta tiklaşda iştirok etişga taklif etdi. «Bu yerda böliş, Ukrainaga investitsiyalarni kuçaytiriş va iqtisodiyotimizni qöllab-quvvatlaş juda muhim», dedi u hamda Ukrainani tiklaş uçun xususiy kapitalni jalb qiliş muhimligini ta’kidladi.
Fon der Lyayyen Ukrainaning omon qoliş qobiliyatiga işonyapti
Öz navbatida, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen xalqaro hamjamiyatni Kiyevni yanada qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. «Ukraina 2024 yil va undan keyingi yillar uçun moliyalaştirişda aniqlikka muhtoj», dedi u Davos forumidagi nutqida. Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari «Ukrainani himoya qiliş va uning qonuniy hududlarini qaytarib oliş uçun uzluksiz qurol ta’minotiga muhtoj», deya qöşimça qildi fon der Lyayyen. U, şuningdek, Ukrainaning Rossiya Federatsiyasiga qarşi uruşga doş bera olişiga işonç bildirdi.
Şu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari «Ukrainaning eng yaxşi kelajagi bu - Yevropa», dedi. Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş «Ukraina uçun tarixiy muvaffaqiyat» bölişi mumkin, deya qöşimça qildi u.
Jahon iqtisodiy forumi 19 yanvargaça davom etadi
19 yanvarga qadar davom etadigan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida siyosat, biznes va fuqarolik jamiyatidan 2800 ga yaqin vakil iştirok etişi kutilmoqda. Kun tartibida Ukrainadagi uruş, şuningdek, Isroilning HAMAS guruhiga qarşi harbiy amaliyoti asosiy örin tutadi.
Avvalroq AQŞ Kongressidagi demokratlar va respublikaçilar 2024 yilga möljallangan budjet böyiça kelişuvga erişgan edi, unda Ukrainaga 300 million dollarlik harbiy yordam körsatilgan. Qonun çiqaruvçilar, agar kerak bölsa, 2025-moliya yilida ham xuddi şunday ehtiyojlar uçun 300 million ajratiş niyatida. Umuman olganda, Kiyevga yordam 2026 yil oxirigaça uzaytirildi.
Yevropa Ittifoqida Ukrainaga keyingi yordam Vengriya tomonidan qarşilikka duç keldi. Fon der Lyayyen Kiyevga keyingi tört yil içida 50 milliard yevro ajratişni taklif qilgan, biroq Budapeşt dekabr oyida Yevropa Ittifoqi sammitida bu qarorga veto qöydi. 1 fevral kuni YeIning bu boradagi favqulodda sammiti rejalaştirilgan.












