Yevropa Ittifoqi alyansning barça a’zolari bilan birgalikda Ukrainaga 50 milliard yevrogaça bölgan maxsus yordam jamğarmasini yaratiş mexanizmi ustida işlamoqda. Bu haqda 16 yanvar, seşanba kuni YeI kengaşiga raislik qilayotgan Belgiya boş vaziri örinbosari va moliya vaziri Vinsent van Petegem ma’lumot berdi.

«Belgiya raisligi 27 davlat bilan birgalikda yeçim ustida işlamoqda. Bu, albatta, bizning eng yaxşi variantimiz. Ammo imkonsiz bölsa, albatta, muqobil yeçim ustida işlaymiz», - dedi Van Petegem Yevropa Ittifoqining Iqtisodiy va moliyaviy masalalar böyiça kengaşi majlisi oldidan. U «ukrainalik döstlarni qöllab-quvvatlaş va ularga yordam beriş» muhimligini ta’kidladi. 

Yevropa komissiyasiga köra, Ukrainaga yordam jamğarmasi 2024 yildan 2027 yilgaça bölgan davrda mamlakatga moliyaviy yordam körsatişi kerak. Biroq 2023 yil dekabrida Vengriya boş vaziri Viktor Orban Kiyevga yordamga veto qöydi. Öşandan beri Bryussel bu blokadani olib taşlaş yölini topişga harakat qilmoqda. 

«Biz Vengriya Ukrainani moliyalaştiriş böyiça muhokamaga qöşilmasligidan xavotirda edik, biroq u bunday qilmadi va konstruktiv muzokaralarni davom ettirişga tayyorligini bildirdi hamda boşqa vazirlarga qaror bir ovozdan qabul qilinişi kerakligini eslatdi», dedi Yevropa Ittifoqi rasmiysi DW naşriga uçraşuvlar çoğida. 

Budapeşt veto qöysa, «B rejasi» bormi?

«Muqobil yeçim muhokama qilinmayapti», - deya aniqlik kiritdi Belgiya vaziri DW tomonidan kengaş yiğilişidan keyingi matbuot anjumanida berilgan savolga javoban.

Avvalroq OAVda Vengriya Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ajratiş masalasida veto huquqidan foydalansa, YeIning rejasi borligi haqida xabar bergandi. Misol uçun, har bir hukumatdan alohida yordam paketlari bölişi mumkin. Ammo Yevropa Ittifoqi kengaşi ham, Yevropa komissiyasi ham taklif qilingan reja böyiça konsensusga erişiş zarurligini ta’kidlamoqda. 

Kiyevga makromoliyaviy yordam miqdori va uni taqdim etiş şakli böyiça yakuniy qaror Yevropa kengaşining 1 fevraldagi navbatdan taşqari yiğilişida qabul qilinişi rejalaştirilmoqda. Şu kungaça Yevroparlament, Yevrokomissiya va YeI kengaşi Ukrainaga makromoliyaviy yordam körsatiş böyiça dastlabki muzokaralarni yakunlaşi kerak, deya xabar berdi DW manbalari. Ulardan biri uşbu davr uçun Yevrokomissiya va Budapeşt örtasida ham muzokaralar rejalaştirilganini ta’kidladi, Vengriya uşbu bitimdan özi uçun imkon qadar köproq foyda oliş niyatini yaşirmayapti.