Özbekistonda yagona transport-logistika operatorini taşkil qiliş taklif etilmoqda. Bu haqda boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi hukumat komissiyasi majlisi bayonida qayd etilgan. 

Transport vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ikki oy muddatda taşqi savdo logistikasini takomillaştiriş, logistika xarajatlarini 30 foizga kamaytiriş va yangi logistika yölaklarini joriy etiş böyiça yagona transport-logistika operatori tizimini yaratiş böyiça takliflar işlab çiqib, hukumatga kiritiş topşirildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda «Özeltexsanoat» uyuşmasi mamlakatda işlab çiqarilmaydigan eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş uçun butlovçi qismlar va xomaşyo importiga transport xarajatlarining 50 foizini işlab çiqaruvçilarga yoki xalqaro transport yuk taşuvçi korxonalarga kompensatsiya qiliş tizimini joriy etiş böyiça takliflar kiritadi.

Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Eksportni rağbatlantiriş agentligiga mahalliy işlab çiqaruvçilarning import-eksport xarajatlarini optimallaştiriş maqsadida har moliyaviy yil boşida xalqaro logistika kompaniyalaridan arzonlaştirilgan logistika kvotalarini bron qiliş topşirildi.

Eksportni rağbatlantiriş agentligi eksport qiluvçi korxonalar örtasida 1 foizlik ustama bilan kvotalar oliş va taqsimlaş böyiça vakolatli davlat organi etib tayinlanadi.