Senatning qirq töqqizinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama etildi.
Ta’kidlanişiça, Oliy Majlis palatalari tomonidan öz faoliyatlarini tartibga soluvçi qonunlar yangi tahrirdagi konstitutsiyaga muvofiqlaştirilmoqda. Xususan, parlament palatalarining faoliyatidagi parallellikni va bir-birini takrorlovçi vakolatlari aniqlaştirilyapti, Senat a’zolari jami 100 nafardan 65 nafarga qisqartirilmoqda. Bunda, har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan senator saylanişi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanişi belgilanmoqda.

Şuningdek, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda. Bunda spikerning örinbosarlari fraksiya a’zosi bölişi mumkin emasligi hamda lavozimda böliş davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni töxtatib turişi belgilanyapti. Bundan taşqari, Qonunçilik palatasi va Senatning özini özi tarqatib yuboriş vakolati berilmoqda. Bunday holatda Qonunçilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida ötkazilişi, Senatning yangi tarkibi esa 1 oy mobaynida şakllantirilişi nazarda tutilyapti.
Qonunda 100 ming nafardan kam bölmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunçilik takliflarini Qonunçilik palatasiga kiritişi mumkinligi hamda parlament tekşiruvini ötkaziş Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida tuziladigan birgalikdagi maxsus komissiyasi tomonidan ötkazişi ham nazarda tutilgan.

Senat a’zolari soni va qömitalar nomlarini hamda Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosarlari soni va maqomini belgilovçi mazkur qoidalari 2024 yilda navbatdagi çaqiriqdagi Oliy Majlis palatalari işi boşlanganidan amalga kiritilişi belgilangan.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.












