Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) ekspertlari Rossiya harbiylari tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasining içki va taşqi perimetri tösiqlari orasidagi bufer zonaga örnatilgan piyodalarga qarşi minalarni yana topdi. Bu haqda AEXAning 19 yanvar, juma kuni çop etilgan hisobotida aytiladi. 

Stansiya çetidagi minalar AEXA inspektorlari tomonidan oxirgi marta 2023 yil iyulida aniqlangan - portlovçi moddalar atom elektr stansiyasi operativ xodimlari bora olmaydigan yopiq hududga joylaştirilgan. «Obektda bunday portlovçi moddalarning mavjudligi AEXA xavfsizlik standartlari va yadro xavfsizligi böyiça körsatmalarga zid keladi va stansiya xodimlariga qöşimça psixologik bosim keltirib çiqaradi», deb ta’kidladi agentlik va bu minalarning portlaşi elektr stansiyasi yadroviy xavfsizlik tizimlariga ta’sir qilmasligi kerakligini qöşimça qildi.

2023 yil noyabr oyida minalar olib taşlandi. Endi ular yana paydo bölgan. Bu nima bilan boğliqligi haqida xabar berilmagan. AEXA boş direktori Rafael Grossi minalar mavjudligi agentlikning xavfsizlik standartlariga javob bermasligini ta’kidladi. 

ZAESda zaxira podstansiyalarida elektr ta’minoti yöqoldi 

AEXA ma’lumotlariga köra, Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi ikkita zaxira transformator bir kun oldin quvvatni yöqotgan, ular reaktorlarni sovitiş va boşqa muhim yadroviy xavfsizlik funksiyalari uçun zarur bölgan taşqi quvvat manbayi hisoblanardi.

Sakkiz soatdan söng zaxira elektr ta’minoti tiklandi, Zaporijjya AES xodimlari avariya sabablarini örganmoqda, transformatorda taşqi zarar yöqligi bildirildi.

«Stansiyaning zaif energetik holati obektdagi yadro xavfsizligiga asosiy tahdidlardan biri bölib qolmoqda. Bu boradagi vaziyat öta xavotirli. 2022 yilning avgustidan buyon obekt sakkiz marta taşqi elektr ta’minotidan mahrum böldi, bu esa favqulodda dizel-generatorlar işiga tayanişga majbur qildi», dedi Grossi.