Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) Markaziy Osiyoda uran çiqindilarini rekultivatsiya qiliş böyiça 2030 yilgaça möljallangan yangi strategiyani (.pdf) qabul qildi.

Strategik reja Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonni qamrab oladi hamda xalqaro moliya va ixtisoslaşgan taşkilotlar bilan hamkorlikni nazarda tutadi. Hujjat sovet davrida uran qazib olişdan zarar körgan hududlarni bosqiçma-bosqiç tozalaş va tiklaşga qaratilgan.

Dasturning yangilangan umumiy qiymati 113 million yevroga baholanmoqda. Unga quriliş-muhandislik işlari, loyihalarni boşqariş, ehtimoliy xarajatlar zaxirasi, şuningdek, qöşimça dasturiy xarajatlar kiritilgan. Hisob-kitoblar amaldagi şartnomalar va joriy smeta ma’lumotlari asosida amalga oşiriladi.

Qayd etilişiça, yangi strategiya ilgari ustuvor obektlar qatoriga kiritilmagan, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xavfi nisbatan past bölgan obektlarga ham tatbiq etiladi.

AEXA yangi rejaning amalga oşirilişi loyihalarning takrorlanişining oldini olişga, amalga oşirilayotgan işlarning şaffofligini oşirişga va mintaqada uran çiqindilarini tozalaşni töliq yakunlaş uçun qöşimça xalqaro yordamni jalb qilişga imkon beradi, deb hisoblaydi.

SSSR davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, hozirgi Özbekiston hududida yadro sanoati ehtiyojlari uçun uran faol qazib olinardi. Taxminan 40 yil davomida bunday işlar, masalan, Toşkent viloyati, Yangiobod tumanida olib borilgan.

Turli hisob-kitoblarga köra, Özbekiston hududida uran rudasini qazib oliş va qayta işlaş oqibatida töplangan taxminan 4 million tonna radioaktiv çiqindi kömilgan. Taqqoslaş uçun, Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlarda bu körsatkiç ança yuqori: Qozoğistonda 240 mln tonna, Qirğizistonda 132 mln tonna va Tojikistonda 42 mln tonna. Şu bilan birga, Özbekiston böylab radiatsiya darajasi rasman me’yordan oşmaydi.