19 yanvar kuni keçqurun Toşkentda ob-havo şaroiti özgardi va quyuq tuman tuşdi. Bu Toşkent xalqaro aeroporti faoliyatini çeklab qöyidi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports. 

Quyuq tuman sabab köriş masofasining pasayişi (150 metr) «Toşkent» xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilişni çekladi. 

Jumladan, Qanot Sharq aviakompaniyasining HH2234 (Fukuok – Toşkent) reysi Samarqandga yönaltirildi. 

Silk Avia aviakompaniyasining US802 (Buxoro – Toşkent) reysi ham Samarqandga yöl oldi. 

Şuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-212 (Riga – Toşkent) reysi ham Samarqandga yönaltirildi. 

Toşkent aeroportidan samolyotlarning jönab ketişiga çeklovlar yöq. Parvozlar rejaga asosan amalga oşirilmoqda.