Özbekistonning Berlindagi elçixonasida elçi Dilşod Ahadov Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yeri Landtagi (parlamenti) prezidenti Gunnar Şellenberger bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uşbu federal yerdagi demografik vaziyatni inobatga olgan holda, özbekistonlik yoşlarni bu mintaqadagi korxonalarga işlaşga jalb etiş imkoniyatlari nemis tomonida alohida qiziqiş uyğotmoqda. Bu borada GP Günter Papenburg AG va GfM Gruppe kompaniyalari tomonidan özbekistonliklarni Germaniyada işga joylaştiriş jarayoni yölga qöyilgan. Suhbat çoğida uşbu yönalişni yanada faollaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Nemis tomoni Germaniyada örta maxsus malakadagi kadrlarning keskin tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda Saksoniya-Anxalt va Özbekiston örtasida respublika fuqarolarini federal yerdagi korxonalarda işga joylaştiriş borasida hamkorlikni yanada jadallaştiriş maqsadga muvofiqligini qayd etdi. Bu borada Özbekiston yoşlarini dual kasbiy ta’lim asosida öqitiş, kasb-hunar örgatiş va keyinçalik işga joylaştiriş borasida yaqindan hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qildi.

Özbekiston va Saksoniya-Anxalt hududlarida köplab tarixiy obidalar mavjudligini hisobga olgan holda, tomonlar turizm va madaniyat, tarixiy obidalarni muhofaza qiliş sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildi. Ikki tomonning tegişli muassasalari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişildi.