Varşava va Toşkent örtasida yangi muntazam reyslar (haftasiga 3 marta) yölga qöyilişi mumkin. Bu haqda Turizm qömitasi va Uzbekistan Airports vakillari örtasida parvozlar geografiyasini kengaytiriş masalalariga bağişlangan uçraşuvda söz yuritildi.

Tomonlar muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş istiqbollarini muhokama qildilar, şuningdek, maşhur blogerlar, OAV, şuningdek, LOT Polsha Airlines aviakompaniyasi rahbariyatidan taşkil topadigan Polsha delegatsiyasining 14-15 mart kunlari Özbekistonga taşrifiga oid taşkiliy masalalarni körib çiqdi.

Turizm qömitasi xabarida aytilişiça, davlat rahbari tomonidan transport logistikasini rivojlantiriş, şuningdek, sayyohlar oqimini kengaytiriş va dunyoning turli mintaqalaridan havo qatnovini köpaytirişga katta e’tibor qaratilmoqda.