Sudning 2024 yil 12 yanvar kuni ötkazilgan majlisida Farmatsevtika agentligining “Dok-1 Maks” böyiça sudlanayotgan sobiq rahbariga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangani, bunga ayblanuvçi advokatining bu haqidagi sörovi sabab bölgani aytilgandi.

24 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida sudya Muso Yusupovning ma’lumot berişiça, tibbiy ekspertiza 15 yanvar kuni ötkazilgan bölib, ekspertiza davomida sobiq amaldorning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Şuningdek, sudlanuvçidagi mavjud umurtqa poğonasidagi çurra kasalligi uning hibsxonada saqlanişiga tösqinlik qilmasligi aytildi.  

Sudda jabrlanuvçilar tinglandi.

Siropning navbatdagi qurboni 2020 yil 19 oktyabrda tuğilgan Otabek Kamoliddinov. Jizzaxlik jabrlanuvçi ota körsatmasiga köra, u şamollagan bolasi uçun şifokor tavsiyasiga köra dorixonadan “Ambronol” olgan. Biroq sirop iste’molidan keyin bolaning ahvoli oğirlaşib, vafot etgan. 

“Ambronol” dorisini 2022 yil 26-27 dekabr kunlari bolam şamollagani uçun olib kelganman. Dorini 3 mahal içirdim. 29 dekabr kunidan boşlab öğlim peşob çiqarmay qöydi. Şundan söng uni Baxmaldagi şifoxonaga olib bordim. Lekin u yerdagi şifokorlar davolay olişmasligini aytişdi”, deydi jabrlanuvçi ota.

Jabrlanuvçining aytişiça, Jizzaxda najot topa olmagaç, uni Samarqandga jönatişgan. 

“Samarqand viloyat kasalxonasiga yöllanma berişdi. Öşa yerda qon qusib, oğiz-burnidan qon kelaverdi. Töğri reanimatsiya bölimiga yotqizişdi. Keyin esa dializga olişdi. Nima böldi, deb sörasam, buyraklari işlamayapti, deyişdi. Içirgan dorimizni olib borib berdik. Katta farzandlarim — qizim bilan öğlim ham içgan edi, ahvoli oğirroq bölgani uçun kiçkinasini olib borgandik.

5 marta dializ qilişgaç, ozroq peşob çiqardi. Şundan söng ahvoli juda oğirlaşib qoldi, bizga körsatmay ham qöyişdi. 8 yanvar kuni vafot etdi. 

Uy-joy uçun yiğgan pulimni işlatdim bolalarimni davolaşga, hozir ijarada yaşayman”, deydi jabrlanuvçi.

U sudda farzandini töliq davolatiş uçun 1 mlrd söm kompensatsiya söradi. Bundan taşqari, navoiylik hamda qoraqalpoğistonlik jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari 1 mlrd va 200 mln söm kompensatsiya söraşdi.

Şuningdek, sudlanuvçi Farmagentlikning sobiq rahbari S.Kariyevning advokati F.Xudoyberganov sudga iltimosnoma kiritdi.

Unda Özbekiston qonunçiligi, Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti (JSST) tavsiyalari va xalqaro standartlarda sirop körinişidagi dori vositalarida etilenglikol va dietilenglikol moddalarning mavjudligini tekşiriş talab etilmagani haqida asoslar keltirilgan.

Sud iltimosnomani iş hujjatlariga qöşib qöydi.

Işda raislik qilayotgan sudya tez orada sud tergovi yakunlanişini ma’lum qildi.  

Sud işi 26 yanvarga qadar tanaffus e’lon qildi.