Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Şahrixon tumanidagi buyum bozori yonayotgani haqida videolar tarqaldi. Videolarda bozordagi dökonlar yonayotgani, olov juda katta hududni qamrab olganini köriş mumkin.
Bundan taşqari, videolarda olov yetib bormagan dökonlardan tadbirkorlar narsalarni taşib çiqayotganini köriş mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari yonğin 2024 yil 26 yanvar soat 01:00 da ham davom etayotganini aytişmoqda.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati dastlabki ma’lumotlarni berdi.
Unga köra, 2024 yil 25 yanvar kuni soat 23:30 da Şahrixon tumanida joylaşgan Asaka avtorurargohida taşkil etilgan buyum bozorida yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borib, yonğinni bartaraf etiş işlarini boşlab yuborgan. Hodisa joyiga FVB rahbariyati va tegişli taşkilotlar xodimlari yetib borgan.
“Yonğin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar töğrisida ma’lumotlar kelib tuşmadi. Hodisa yuzasidan qöşimça ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi ma’lumotda.







