Özbekiston elçixonasi kömagida Britaniyaning British Expertise International assotsiatsiyasi tomonidan BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP28) doirasidagi mamlakatimiz taşabbuslariga bağişlangan vebinar taşkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Vebinarda Britaniya iqlim va "yaşil" energetika biznesining 50 dan ortiq vakillari, jumladan, Xalqaro savdo vazirligi, konsalting kompaniyalari va boşqa asosiy tuzilmalar vakillari iştirok etdi.

Uçraşuv davomida Özbekistondagi keng kölamli özgarişlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Şuningdek, "yaşil" iqtisodiyotga ötiş va uglerod neytralligiga erişiş Özbekistonning ustuvor strategik vazifalari sifatida qayd etildi.

Bundan taşqari, 2024 yilda BMT bilan hamkorlikda "Iqlim migratsiyasi" mavzusida bölib ötadigan konferensiyaga ham alohida e’tibor qaratildi.

Vebinar sönggida British Expertise International Özbekistonda "yaşil" loyihalarni amalga oşirişda Britaniya biznesini bundan keyin ham qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ta’kidlab ötdi.