29 dekabr kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev boş vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan Ai-80 markali benzindan voz keçiş masalasini uzil-kesil hal qiliş böyiça topşiriq berdi.

Yiğilişda, şuningdek, Toşkent şahrida oğir yuk maşinalari, 10 yildan oşgan avtomobillar hamda «Yevro-4»dan past yonilğidan foydalanişning ekologiyaga ta’sirini kamaytiriş böyiça aniq mexanizmlar işlab çiqilişi topşirildi.

Avvalroq Ekologiya vazirligi Toşkent şahrida atmosfera havosini ifloslantiruvçi asosiy omillar deya sifatsiz yonilğida işlaydigan avtotransport vositalaridan çiqayotgan çiqindilar, issiqlik va elektr stansiyalarida kömir va mazutdan foydalaniş, boş rejasiz quriliş işlari va daraxtlarni kesiş kabilarni sanagandi.

Muammoni hal etiş böyiça taklif etilayotgan eng dolzarb çora-tadbirlardan biri yonilği, xususan, «Yevro-4» standartidan past yonilğidan foydalanişni taqiqlaşdir.

Özbekistonda Ai-80 benzinidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş rejalaştirilayotgani haqida avvalroq Energetika vazirligi ham xabar bergandi.  

Vazirlik Ai-80 benzini köp mamlakatlarda taqiqlanganini, hatto neft mahsulotlarini töliq import qiladigan Qirğiziston va Tojikistonda ham allaqaçon iste’moldan olinganini, hozirça mintaqada faqat Özbekiston va Afğonistonda Ai-80 benzinidan foydalaniş davom etayotganini bildirgandi.

2025 yilga borib Farğona neftni qayta işlaş zavodida Ai-80 işlab çiqarilişi töxtatilsa, 2026 yilga borib Buxoro neftni qayta işlaş zavodi töliğiça sifatliroq yonilği işlab çiqarişga ötkazilişi ma’lum qilingandi.