— Rus vatandoşlar uçun ta’lim va televideniyeda rus tili nomutanosib darajada köp deya bildirgan fikringizni asoslab bersangiz.
— Sönggi paytlarda Rossiya jamoatçiligida Markaziy Osiyo xalqlari haqida salbiy, şovinistik fikrlar yangramoqda. Bunday fikrlar Özbekiston jamoatçiligi e’tiroziga sabab bölyapti. Şu fonda biz ham milliy taraqqiyotni ilgari surayotgan partiya sifatida öz munosabatimizni bildirişni maqsadga muvofiq deb bildik. Rossiya rasmiy idoralari, elçixonalari bunday çiqişlarga şaxsiy fikr sifatida ta’rif berib, vaziyatdan çiqib ketişyapti. Bu davlat pozitsiyasi emas, e’tibor bermanglar, deb şarh beriş qaysidir ma’noda «allalaş»ga öxşaydi. Lekin uzoq davlatçilik tarixiga ega bölgan özbek xalqi bunday çiqişlarning tagida aslida qanday maqsad, ma’no borligini yaxşi bilib turibdi.
Biz millatçilik yoki millatlararo nizo qözğatişdan yiroqmiz. Global dunyodagi notinç holat fonida Markaziy Osiyoga nisbatan yuzaga kelayotgan tortişuvli vaziyat sobiq ittifoq davlatlariga bölayotgan ğarazli bir niyatning körsatkiçi. Sobiq sovet imperiyasini tiklaş haqida norasmiy doiralardan taşqari Rossiyaning rasmiy sferasida ham gapirildi. Şu bayonotlar negizini tahlil qilsak, Özbekistondagi holat qanday, nimalarga e’tibor berişimiz kerak, degan masalalar yuzaga keladi.
Bugungi Özbekiston jamiyati öz qadriyatlari, davlatçiligi, özligi nuqtai nazaridan aniq pozitsiyaga ega. Rus millatli va boşqa yuzga yaqin boşqa millatli vatandoşlarimizning qadriyatini, milliy an’analarini saqlaş konstitutsion majburiyat. Lekin şu bilan birga eslatib qöyiş kerak bölgan boşqa masalalar ham bor. Masalan, Özbekistonda özbeklardan taşqari 4,5 foiz atrofida qozoq vatandoşlarimiz bor, rus vatandoşlarimiz esa 2-2,5 foizni taşkil qiladi. Lekin Özbekistonda maktab, boğçalarda rus tilida ta’lim beriş keragidan ortiq, juda ham köp.
Biz öz taklifimizda boşqa millatli vatandoşlarimizning huquqlari ta’minlanişini e’tirof etgan holda şuni aytdikki: qozoq, qirğiz, turkman millatli va boşqa vatandoşlarimiz, hatto özbeklar ham rus maktablarida ta’lim olişi — öylab qaralsa,biz uçun xavf sifatida şakllanyapti. Bugun til yumşoq siyosiy kuç sifatida işlatilayotganini köryapmiz, til şunçaki oddiy muhokama qilinadigan masala emas. Qaysiki millat öz tiliga munosabatini özgartirib, öz tilidan uzoqlaşsa, bunday millatlar yöq bölib ketişi mumkin.
3 ming yillik davlatçilik tariximizni gapirib tursag-u, lekin özbek tili kuçli qonun, texnologik rivojlaniş tili bölmasa, bu holat bizni xavotirga solişi kerak.
-- Özbekiston hayotida rus tili ta’sirini kamaytiriş uçun nima qiliş lozim?
— Köp maktablarda rus tilida dars ötilyapti, ba’zi ota-onalar bolasini şunday maktablarga beryapti. Ular bolam til bilsin degan maqsadda harakat qilayotganini aytadi, lekin til örganiş masalasi boğçadan, birinçi sinfdan boşlanadigan narsa emas. Bu davrlar bolaning asl poydevor davri hisoblanadi. Şu davrda öz qadriyatlari, özligini biliş masalalari singdirilişi kerak. Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlarda bolalarga ayni şu davrida milliy özlikni anglaş örgatiladi.
Özbekistonning davlat tili haqidagi qonuniga köra, fuqarolar özaro murojaat tilini xohlagan til sifatida tanlaşi mumkin, davlat tili özbek tili. Fuqarolarning xohlagan tilda davlat idoralariga murojaat qilişi belgilangan. Özbek tilining rivojiga eng katta xalaqit berayotgan me’yorlardan biri bu. Çunki til rivojlanişi uçun unga ehtiyoj paydo qiliş kerak. Ehtiyoj bölmagan til öz-özidan zaiflaşadi.
Bugungi kunda ta’lim, televideniye, huquqiy hujjatlarda rus tilining ta’siri kuçli. Huquqiy hujjatlar, asosan, rus tilida tayyorlanadi. Germaniyada nemis tilidan boşqa tilda davlat idoralariga murojaat qilişmaydi, agar boşqa tilda murojaat qilsangiz u nafaqat umuman körib çiqilmaydi, balki siz bu işingiz uçun jarimaga ham tortilasiz. Davlat tiliga munosabatni şunday quriş orqali nemis tiliga ehtiyoj yuzaga keltirilgan. Biz esa ehtiyojni özimiz kamaytiryapmiz. Buning natijasida til rivojlanmayapti va yoş avlod boşqa tilli bölib katta bölyapti.
Qonundagi til rivojiga tösiq böluvçi me’yorlarni özgartiriş va bu borada yanada talabçanroq me’yorlarni kiritiş zarur.
Taklifimiz rus segmentidagi axborot vositalari tomonidan notöğri talqin qilindi. Ya’ni men boşlanğiç ta’lim ona tilida bölişi kerak, deganman, ular esa özbek tilida deb tarjima qilişgan. Men özbek odam özbek tilida, rus odam rus tilida boşlanğiç ta’lim olsin, degan ma’noda gapirganman.
Birinçi sinfga borayotgan bolani qanday tilli maktabga qöyiş ota-ona tanlovi, deyişadi. Ammo bolasining umuman maktabda öqişiga qarşi ota-onalar ham bor. Bola özbek millatiga mansubmi, boşlanğiç ta’limni öz ona tilida olişi kerak. Xorijiy tillarni örganiş yuqori sinflarda bölaveradi.
Bu fikrimni millatçilik sifatida talqin qilişyapti ham. Özbek xalqida heç qaçon millatçilik bölmagan. Şunday bölganda, Jahon uruşi davrida bir nonni ham rusga, ham nemisga bermagan bölardi. Özbekdek bağrikeng millat yöq özi, tabiatan şunday.
Özbekistonda nima uçun rus tilini bilmaslik uyat-u, özbek tilini bilmaslik uyat emas? Aksar odamlar ongida singib qolgan bu stereotipni parçalab taşlaş uçun nima qiliş kerak?
— Millat masalasida bizda bir fobiya şakllangan. Özbek haqida gapirsangiz, millatçi bölasiz, boşqa millat haqida gapirsangiz, boşqa millatni qadrlayotgan bölasiz. Biz boşqa millatlarni "qöllaş"ni yaxşi köramiz. Masalan, bir davrada 9 ta özbek bölib, bitta boşqa millat vakili bölsa, öşa bitta odamning tilida gapirişga harakat qilamiz.
Sovet davrida millatlarning özini anglaşda juda köp ideologik işlar amalga oşirilgan. Afsuski, mana şu işlarning asoratlari hali ham körinmoqda. Ba’zilarni köramiz, özi özbek, lekin özbek tilini bilmaydi, ota-onalar bolasini rus boğçaga, rus maktabga qöyyapti, boğça yoşidagi bolasi rus tilida gapirayotganidan ğururlanayotgan odamlarni ham körişimiz mumkin. Özimizga ziyon qilayotganimizni anglamayapmiz. Özbek tili haqida, özbek qadriyatlari haqida gapiriş millatçilik deb qaraladigan bölib qolgan.
Bizga yaxşi ma’nodagi millatçilik yetişmaydi. Biz öz qadrimizni bilişimiz kerak. Katta avlodda sobiq ittifoqdan qolgan asoratlar bor, deymiz, lekin ta’lim tizimida hali ham muvaffaqiyatga erişolmayotganimiz natijasida yoş avlod ham öşa asoratlardan zaharlanyapti.Bir siyosatçi şunday fikr aytadi: bosib olingan millatlarda şunday sindrom böladi, ular özidan nafratlanişga majbur qilinadi va şu tufayli öziga nisbatan adolatsiz böladi. Afsuski, mana şunday sindromda özbek jamiyati ham yaşayapti. Ya’ni öz tiliga nisbatan qadrsiz munosabatda bölib, boşqa tilni hurmat qilişi mana şunday sindromning körinişi.
Prezidentimiz elçilar bilan uçraşuvda özbek tilini bilmagan diplomat qanday qilib Özbekiston vakili bölişi mumkin, degan edi. Xorijiy tilni örganiş mobaynida öz tilini unutib yuborgan şunday elçilar bor va afsuski, hozirgi maktab öquvçilarida ham şunday muammolar mavjud. Xalqaro minbarlarda özbek tilida gapirişni kötarişimiz mumkin, lekin asl muammo maktab va boğçalarda ekanini unutmaslik kerak. Agar boğçada ustuvor tilni rus tili sifatida körsak, endi ulğayişni boşlagan bolalarga özga tilda ta’lim bersak, xalqaro minbarda özbek tilida gapiriş u yoqda tursin, öz qadriyatlariga behurmat avlodni yetiştirişimiz mumkin. Bizning til borasida, vatanparvarlik borasidagi oqsaşlarimizni yaxşi anglagan Markaziy Osiyodan umid uzmagan ba’zi kuçlar bundan unumli foydalanişga harakat qilyapti.
— Özbekistonda özbek tiliga zarurat darajasini oşiriş uçun qanday işlarni qiliş kerak?
— Ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni jadallaştirişimiz lozim. Rus tilini qisqartiriş uçun davlat tili qonunini amaliyotda töla joriy qiliş zarur. Özbek tili davlat tili ekan, davlat idoralariga murojaat, huquqiy hujjatlar, reklamalar, taşqi yozuvlar — umuman barçasida özbek tili ustun bölişi, qöllanişi kerak.
Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator va montaj ustasi: Abduqodir Tölqinov.










