11:54 / 02.02.2024
50650

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 3–4 fevral kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 3 fevral, shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatining ba’zi joylarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yakshanba kuni respublika bo‘yicha faqat ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Kunduzgi harorat 3–4 fevral kunlari +3...+8 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat asosan 0...–5 daraja, ba’zi joylarda +3 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari –2...–4 daraja, kunduz kunlari +4...+6 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0...–2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid
Top