Afğoniston kon va neft vazirining öğli Moğfurulloh Şahob 2 fevral kuni “Tolibon” harakati tomonidan Afğonistonning Özbekistondagi elçixonasi rahbari etib tayinlandi.

Bu haqda xabar bergan afğon naşrlari avvalroq “Tolibon” rahbari mansabdor şaxslarga öz qarindoşlarini işga olişni taqiqlaganini qöşimça qilmoqda.

Kun.uz manbasiga köra, Afğonistonning avvalgi hukumati tomonidan tayinlangan elçi Ahmad Xolid Elmi missiyasini yakunlab, mamlakatiga qaytib ketgan. Şundan keyin Afğonistonning Toşkentdagi elçixonasida yuqori lavozimda işlab kelgan diplomat Moğfurulloh Şahob elçixonaning muvaqqat boşqaruvçisiga aylangan.

Manbaning aniqlik kiritişiça, uning rasmiy maqomi elçi emas.

Bunga qadar Pokiston, Eron, Turkmaniston, Xitoy, Rossiya va Qatar “Tolibon” tomonidan tayinlangan diplomatlarni qabul qilgandi. Afğonistonning qöşnilaridan faqat Tojikiston afğon elçixonasi nazoratini “Tolibon” qöliga topşirmagan.

Ayni paytgaça “Tolibon” tomonidan faqat bitta davlatga – Xitoy Xalq Respublikasiga elçi yuborilgan. Ötgan hafta XXR raisi Si Jinping “Tolibon” elçisidan işonç yorliğini qabul qilib olgandi.

Eslatib ötamiz, kuni keça Özbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Afğoniston muvaqqat mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uçraşgan edi.