30 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Pekinda bir qator xorijiy davlatlar elçilari qatorida Afğoniston Islom Amirligi elçisidan ham işonç yorliğini qabul qilib oldi. Bu bilan Xitoy bunday qadamni qöygan ilk davlatga aylandi.

Kun.uz Afğonistonning bevosita qöşnilaridan biri bölmiş Xitoyning “Tolibon”ga oid siyosatini muhokama qiliş uçun “Geosiyosat” dasturiga siyosiy tahlilçilar Suxrob Böronov va Kamoliddin Rabbimovni taklif etdi.

— Xitoyning “Tolibon” elçisini rasman qabul qiliş qarorini qanday faktorlar yoki mintaqaviy vaziyatlar taqozo etdi?

Suxrob Böronov: — Xitoyning Afğonistondagi xatti-harakatlari, siyosati qanday ekaniga davriy ravişda e’tibor beriş kerak. 2021 yilda “Tolibon” hokimiyatni egallagandan keyingi davrdagi mintaqaviy va global siyosiy özgarişlar Xitoyni “Tolibon”ga nisbatan siyosatini tezlaştirişga undadi. AQŞ Ukraina va Yaqin Şarqqa e’tibor qaratib turgan bir paytda Xitoy bunday vaziyatdan foydalanişga urinyapti, vaziyat taqozosi ham bu. AQŞ kuçlari Afğonistonni tark etgaç, Xitoy bu yerni böşliq sifatida qabul qilib, bu yerlarda Xitoy ta’siri bölişi kerak degan strategiya işlab çiqişi lozim edi.

Yana bir narsa bor: AQŞ va Rossiyadan farqli ravişda Xitoy Afğoniston bilan bevosita çegaradoş. Bu omil Xitoy uçun iqtisodiy va strategik xavfsizlik nuqtai nazardan ham muhim. Işonç yorliği qabul qilinişi tan olişni anglatmaydi hali, bu haqida Xitoy rasmiylari ham aytdi. Xitoy TIV matbuot kotibi tan olişning asosiy şarti inklyuziv hukumat tuzilişi va terrorizmga qarşi kuraş ekanini aytdi.

Bu ikki şart juda muhim. Inklyuziv hukumat degani mintaqaviy konsensus bilan boğliq. Xitoy kuzatyaptiki, Afğoniston masalasida mintaqaviy konsensusga erişilmadi. Şunday şaroitda Xitoy özi “Tolibon” bilan yaqinlaşiş yölidan boryapti. Boşqaça aytganda, “Tolibon”ga nisbatan siyosati “avval iqtisod, keyin siyosat” degan tamoyildan boryapti.

Kamoliddin Rabbimov: — Hokimiyatga “Tolibon” kelgaç, Afğoniston geosiyosatda töliq Xitoy öz oldiga minimum va maksimum vazifalarni qöygan edi. 20 yillik uruşda AQŞ, kollektiv Ğarbda “Tolibon” yoki Afğonistondagi jihodiy guruhlarni Xitoyga qarşi qöyiş harakatlari böldi, ya’ni şunday ma’lumotlar keng tarqalgan. Xitoy bundan qörqadi, çunki Xitoyning beşdan bir qismini taşkil etuvçi Uyğuristonda musulmonlar yaşaydi, Islom dinini qarşilik körsatiş mafkurasi sifatida Xitoyning parçalanişidan Xitoy qörqadi. Şuning uçun ham “Tolibon” Xitoyga qarşi duşman bölmasligi kerak, degan vazifa qöyilgan. Xitoyning “Tolibon”ga nisbatan diplomatiyasi ança ehtiyotkor, til topişişga urinadi.