Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylaşgan «X.O.» fermer xöjaligi rahbari 81 tup daraxtni noqonuniy kesib taşlagani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, fermer xöjaligi rahbari N.X. tomonidan tabiiy holda ösuvçi, biologik soğlom 81 tup turonğil daraxti noqonuniy kesilgan. Oqibatda, tabiatga 618,1 mln söm zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan fermer xöjaligi rahbariga Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu modda böyiça javobgarlik BHM 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.