“Maktablarda kimyo darsi 40-45 daqiqa davom etadi, bu vaqt içida kimyoviy reaksiyalar bilan işlaş, har bir öquvçini jarayonga qamrab oliş qiyin. Biron tajriba ötkaziş uçun yetarli vaqt. Bu işni bir sinfda 30 tadan oşiq öquvçi bölgan dars jarayonida bajariş qiyin”. Kun.uz’ning navbatdagi qahramoni 20 yoşida oliygoh talabalariga dars berayotgan Zuhra Mahkamova. 

Zuhra Mahkamova, 20 yoş. 2021 yilda 13 ta oliy ta’lim dargohiga grant asosida öqişga kirgan. Hozirda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toşkent şahridagi filiali 3-bosqiç talabasi. 3 yildan buyon kimyo fanidan dars beradi. «Mendeleyev kids» hamda «Ximiya v kolbe» loyihalari muallifi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Zuhra umumta’lim maktablaridagi kimyo darslari nima sababdan öquvçilarni qiziqtira olmasligini tuşuntirgan. Yoş pedagog sifatida tengdoşlari orasida ilmning qadri tuşib ketayotganiga alohida töxtalib ötgan.

Erişiş oson bölgan marra men uçun emas

Dadam doim «qiz bolani öqitsang, butun avlodingni öqitgan bölasan, öğil bolani öqitsang – oilangni öqitasan» deydilar. Bizning oilada qiz bolaning ilm olişiga kuçli e’tibor beriladi. Öqiş paytida boşqa tengdoşlarim kabi köça aylangim, telefon, kompyuter öynaganim kelgan, biroq ota-onam ta’lim olişimni qattiq nazorat qilgan. Dadam doim bizni bilim olişga ruhlantirib turgan. Oilamizda «erişiş oson bölgan narsa biz uçun emas», degan şiorimiz bor, şuning uçun doim qiyin narsalarni qölga kiritişga harakat qilganmiz. Boşida qiyin bölib, keyinçalik harakat bilan erişilgan narsa juda gözal böladi…

Töğri, boşida kimyoni tuşuniş oson bölmadi, ba’zi vaqtlarda, hatto, tögaraklardan uyga berilgan vazifalarni bajara olmay, yiğlab ham çiqar edim. Oliygohga qabul qilingunça öndan ortiq ustozlarda öqidim, ularning metodikasini örgandim. Harakatlar va izlanişlar natijasida bugun kimyo mening hayotimga aylandi.

Özim tengilarga dars ötiş qiyin bölgan

8-sinf paytimda onam kimyo tögaragiga olib borgan, lekin heç narsani tuşunmaganman va öqimayman deganman. Bir yil juda past körsatkiçlarda fanni özlaştirganman. Ammo şunga qaramasdan tinimsiz izlandim va 17 yoşimdan dars ötişni yölga qöydim. Özim tengilarga dars beriş oson bölmagan. Boşida öquvçilarimdan yoşimni yaşirardim, çunki ba’zi öquvçilar ular bilan teng yoki ulardan kiçkina ekanligimni bilişsa, gaplarimga quloq solişi qiyin bölib qolar edi. Ayrimlar darsga yiğlab, xarxaşa bilan kelardi, ularni ovutib, darsga jalb qiliş uçun ham katta energiya sarflaşim kerak bölardi. Ayrim öquvçilar esa darslarga özi xohlamasdan, ota-onasi majburlagani uçun kelişardi. Ularning köngliga yöl topib, dars jarayoniga qiziqtiriş alohida san’atni, çuqur psixologik bilimni talab qilardi.